Guruhlardagi mavzular, kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, video xabarlar uchun ovozni matnga aylantirish va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Guruhlardagi mavzular, kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, video xabarlar uchun ovozni matnga aylantirish va boshqalar bilan tanishing

Bugungi yangilanishda katta guruhlarda muhokamalarni tartiblashda yordam beradigan mavzular, xavfsiz blokcheyn orqali xarid qilish mumkin boʻlgan yangi kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, video xabarlarni matnga aylantirish imkoniyati va boshqalar taqdim etiladi.

Guruhlardagi mavzular

Telegram guruhlari yuz minglab foydalanuvchiga ega yirik hamjamiyatlarni dastaklaydi. Bu chatlarni oʻqish oson boʻlishi uchun 200 tadan ortiq aʼzoga ega guruhlar endi mavzularni yoqishi va istalgan mavzu uchun alohida maydon yaratishi mumkin.

Yangi funksiya turli savollar muhokamasini asosiy guruh ichida turli chatlarga boʻlish imkonini beradi. Har bir mavzu uchun yangi xabarlar haqidagi bildirishnomalarni alohida sozlash va ularda joylangan medialarni (“Umumiy media”) koʻrish mumkin. Ishtirokchilar soʻrovnomalar, qadalgan xabarlar va botlar kabi barcha sevimli funksiyalaridan foydalangan holda “Anime”dan tortib “Zoologiya”gacha istalgan mavzuda suhbatlashishi mumkin.

Bu funksiya katta guruhlar uchun maxsus yaratilgan. Ular chatlarni alohida sozlashning yangi imkoniyatlarini ochadi va muhokamalarga qiziqishni ushlab turishga yordam beradi. Yil oxirigacha kichik guruhlar uchun alohida vositalar majmuasini tayyorlashni ham rejalashtirmoqdamiz. Mavzularni ushbu ommaviy guruhimizda sinash mumkin.

Guruh adminlari mavzularni Guruh sozlamalarida yoqishi va Ruxsatlar ruknida kimlarga mavzular yaratish va boshqarish ruxsati berilishini boshqarishi mumkin.

Telegramda har doim boʻlgani kabi kelgusi yangilanishlarda ushbu funksiya adminlar va foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha qulay vositalar bilan boyitiladi.

Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari

Telegram foydalanuvchilari foydalanuvchi nomlari orqali boshqalar ularga bogʻlanishi yoki ommaviy guruh va kanallarini topishini osonlashtirishi mumkin. Endi hisob va ommaviy chatlaringizning har biriga kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlarini biriktirishingiz mumkin.

Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlariga egalik tezkor va masshtablanuvchi blokcheyn – TON bilan ishonchli himoyalanadi. Fragment yangi platformasi – Telegramdagi hisob yoki chat uchun qimmatli havolalarni xarid qilish va sotuvga qoʻyish mumkin boʻlgan oddiy va xavfsiz maydondir.

Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari xuddi oddiy foydalanuvchi nomlari – @username kabi ishlaydi: ular global qidiruv natijalarida chiqadi va Telegram tashqarisida foydalanish mumkin boʻlgan username.t.me va t.me/username shaklidagi oʻz havolalariga ega.

Premium Video xabarlar uchun ovozni matnga aylantirish

Telegram Premium ishga tushirilganidan buyon obunachilar istalgan ovozli xabarni tinglashdan koʻra oʻqish qulayroq boʻlgan holatlar uchun matnga aylantira olish imkoniyatga ega boʻlgan edi. Bu yangilanishda ayni funksiya video xabarlarga ham qoʻshildi. Bu Premium foydalanuvchilarga tezkor matn transkripsiyasini olish imkonini beradi.

Yangi emoji toʻplamlari

Minglab foydalanuvchilar maxsus emoji toʻplamlarini yaratishni qiziqish bilan sinab koʻrmoqda. Ulardan Telegram rassomlari ham ortda qolmayapti: ular ushbu yangilanishga 12 ta yangi emoji toʻplamini tayyorlashdi. Premium foydalanuvchilar ushbu emojilardan istalgan xabar va izohlarda foydalanishi yoki ularni Xellouin uchun statuslar sifatida belgilashi mumkin:

iOS uchun ilovada yangi dizayndagi tungi rejim

iOS uchun ilovada tungi mavzu dizayni yangilandi: yanada muvozanatlangan ranglar birikmasi tanlandi hamda xabarlar va chatlar roʻyxatini varaqlashda xiralashtirish effekti yaxshilandi.

Android uchun ilovada matn oʻlchamini oʻzgartirish

Android uchun ilovadagi “Chat sozlamalari” menyusida matn oʻlchami oʻzgartirilsa, barcha chat matnlari, jumladan, havolaga razm solish ekrani, xizmat xabarlari va boshqalar oʻlchami ham oʻzgaradi.

Dizayndagi kichik yaxshilanishlar

Javob berish uchun chapga surganda endi yangi animatsiya hamrohlik qiladi. Foydalanuvchi profilida uning telefon raqamiga bosilsa, bir nechta chaqiruv variantlariga ega yangi menyu ochiladi. Telegram chatni darhol yuklashga ulgurmaydigan kamdan-kam holatlarda esa xabarlar oʻrniga yangi pulsli animatsiya bilan matn bloklari chizgilari paydo boʻladi.

Yangi interaktiv emoji va reaksiyalar

Suhbatdoshingizga oʻqish bilan bandligingiz, uxlayotganingiz yoki nimadandir shubhalanayotganingizni xabar qilishda yakkama-yakka chatlarda 4 ta yangi interaktiv emoji 😴👨‍💻🤓👀 yordam beradi. Ularda butun ekranli animatsiyalar ijro etiladi va ulardan reaksiyalar sifatida ham foydalanish mumkin. Shu bilan birga, Xellouin munosabati bilan barcha foydalanuvchilar istalgan chatda 3 ta mavzuli reaksiyadan 👻🎃😭 foydalanishi mumkin.

Buguncha shular. Mavzular guruhida koʻrishguncha. Apple yangilanishni tekshirish uchun ikki hafta vaqt sarflagani tufayli bu yil Xellouinni oʻz vaqtida nishonlay olmaganimiz uchun uzr soʻraymiz.

Bu haqida batafsil va biz bunga qarshi qanday kurashishimiz mumkinligi haqida asoschimizdan ushbu postni oʻqishingiz mumkin.


2022-yil, 5-noyabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026