Mini ilovalar 2.0: butun ekran rejimi, bosh ekran belgilari, geolokatsiya va yana 10 ta funksiya

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Mini ilovalar 2.0: butun ekran rejimi, bosh ekran belgilari, geolokatsiya va yana 7 ta funksiya

Bugun biz mini ilovalar tarixidagi eng katta yangilanishni ishga tushiramiz. Ular endi butun ekran rejimi, obuna tariflari, bosh ekran yorliqlari, hadyalar yuborish, media ulashish, hujjatlar yaratish, geolokatsiya ruxsati, harakat trekeri, emoji statuslar belgilash va boshqa imkoniyatlardan foydalanishi mumkin boʻladi.

Butun ekran rejimi

Mini ilovalar endi vertikal yoki gorizontal holatda butun ekrandan foydalanishi mumkin — bu ilovalarga koʻproq oʻyin janrlarini kengaytirilgan ishoralar va interfeyslar bilan dastaklash imkonini beradi.

Qurilma harakati trekingi

Mini ilovalar oʻyinlarga unikal boshqaruvlar qoʻshish yoki maroqli VR taassurotlarini yaratish uchun qurilmangiz harakati haqida axborot olish imkoniyatiga ega.

Dasturchilar agar ularning ilovalari boshqaruv uchun qurilma harakatidan foydalansa, keraksiz aylanishlarning oldini olish uchun ekran holatini qulflashi mumkin.

Bosh ekran yorliqlari

Endi siz qurilmangiz bosh sahifasiga muayyan mini ilovalarga bevosita yorliqlarni joylashtirishingiz mumkin. Bu sevimli oʻyinlar va xizmatlaringizga bir marta bosish bilan kirish imkonini beradi.

Geolokatsiya ruxsati

Endi siz mini ilovalarga joylashuv axborotingizni ulashishingiz mumkin — bu dasturchilarga qiziqarli joylar bilan joylashuvga asoslangan oʻyinlar yoki tadbirlar uchun interaktiv xaritalar yaratish imkonini beradi.

Joylashuv maʼlumotlariga ruxsat birlamchi sozlamalarda faolsizlantirilgan — siz ushbu maʼlumotlarni ulashmoqchi boʻlgan har bir alohida mini ilovaga joylashuv ruxsatini maxsus berishingiz kerak.

Ilovalardan hadyalar

Ilovalar endi yutuqlarni nishonlash maqsadida mukofot sifatida sizga hadyalar yuborish uchun yulduzlaridan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, profilingizda chiqadigan hadyalarni kimlar yuborishi mumkinligini boshqarish imkonini beruvchi yangi maxfiylik sozlamasi qoʻshildi.

Ilovalardan emoji statuslar

Bu yangilanish bilan Telegram Premium foydalanuvchilari mini ilovalar ichidan emoji statuslarni belgilashi mumkin. Masalan, boshqalarga oʻyin oʻynayotganingiz 🎮 yoki taksida ketayotganingizni 🚕 koʻrsatishingiz mumkin.

Mini ilovalar musiqa tinglashni boshlaganingizda 🎶, kitob ochganingizda 📚 yoki film yoqqaningizda 🍿 emoji statusingizni darhol yangilash uchun boshqa xizmatlar APIlarni integratsiya qilishi mumkin.

Joylashuv ruxsatlariga ega ilovalar ham ishda 💼 yoki ofisdan tashqarida 🏖 boʻlganingizda statusingizni yangilash uchun ishlatilishi mumkin.

Dasturchilar oʻz maxsus emojilar toʻplamlarini yaratishi va ularni koʻproq foydalanuvchilarni jalb qilish uchun taklif qilishi mumkin.

Media ulashish

Endi siz bevosita mini ilovalardan media ulashishingiz mumkin. Bu funksiya yordamida istalgan chatda referal kodlari yuborish, maxsus memlar yaratish va boshqa imkoniyatlardan foydalanish qulay.

Mini ilovalar hikoyalarga joylash uchun media yaratishi ham mumkin.

Hujjatlar yaratish

Mini ilovalar AI tomonidan yaratilgan profil rasmlari yoki audio fayllar kabi yuklab olishingiz mumkin boʻlgan hujjatlar va fayllarni ham yaratishi mumkin.

Obuna tariflari

Dasturchilar oʻz loyihalarini monetizatsiya qilish uchun mini ilovalarida Telegram Yulduzlar evaziga obunalarni taklif qilishi mumkin. Kontent va funksiyalarga turli darajadagi ruxsat uchun bir nechta tarif yaratish mumkin.

Raqamli mahsulotlar va obunalar orqali ishlangan Telegram Yulduzlar ilova uchun xabar cheklovlarini oshirish yoki mukofotlarni olish uchun ishlatilishi mumkin.

Dasturchilar botlar va mini ilovalarda Telegram reklamalari orqali mukofotlar olish huquqiga ham ega.

Yuklash ekranini sozlash

Dasturchilar mini ilovalarining yuklash ekranini @BotFather botida ilova yuklanishni boshlashidan oldin koʻrsatiladigan oʻz belgilari va maxsus ranglarini qoʻshish orqali yanada moslashtirishi mumkin.

Qurilma apparat qismi axborotlari

Grafikani yaxshiroq optimallash va unumdorlikni oshirish uchun mini ilovalar qurilmangizning asosiy apparat maʼlumotlariga, masalan, uning qayta ishlash quvvati va xotira sigʻimiga kirishi mumkin. Dasturchilar ushbu maʼlumotlardan foydalangan holda barcha foydalanuvchilari uchun ravonroq taassurotni taqdim etish uchun sozlamalarni avtomatik sozlashi mumkin.

Va boshqalar

Endi dasturchilar ilovalar panelidan o‘z mini ilovalari qachon kichraytirilgani va tiklanganini bilishi va oʻtishlar toʻgʻri bajarilishini taʼminlashi mumkin.

Agar dasturchi boʻlsangiz, batafsil hujjatlar va oʻzgarishlarning toʻliq roʻyxati, jumladan, mini ilovalarning profil rasmlariga osonroq kirishi va mini ilova maʼlumotlarini uchinchi tomon tasdiqlashi yuzasidan yordam olish uchun ushbu sahifaga kiring.

Barcha foydalanuvchilar @playdeckbot, @tverse va @major (Oʻyinlar ruknida Major Maze) kabi ilovalarda baʼzi yangi funksiyalarning dastlabki versiyalarini sinab ko‘rishi mumkin.

Buguncha shular. Biz mini ilovalar va undan tashqaridalar uchun keyingi katta funksiya ustida allaqachon ishni boshladik.


2024-yil 17-noyabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026