Hadyalar marketpleysi, bir nechta hikoyani birdaniga joylash, kanallar uchun avtomatik tarjima

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Hadyalar marketpleysi, bir nechta hikoyani birdaniga joylash, kanallar uchun avtomatik tarjima

Telegramning atigi 7 kun ichida ikkinchi yirik yangilanishi bilan tanishing! Endi siz yangi marketpleysda kolleksiyalanadigan hadyalarni xavfsiz sotib olish yoki sotishingiz mumkin. Hikoya muharriri yordamida bir vaqtda bir nechta hikoya joylashingiz yoki uzun videolarni bir nechta hikoyaga boʻlishingiz mumkin. Kanallar har bir foydalanuvchi postlarni oʻz tilida koʻrishi uchun avtomatik tarjima funksiyasini yoqishi mumkin. Shuningdek, kanallar uchun yangi funksiyalarni ovozlar yordamida ochish osonlashdi.

Marketpleysda kamyob hadyalarni sotib olish

Telegram yanvarda kolleksiyalanadigan hadyalarni taqdim etdi va ular darhol mashhurlikka erishdi — baʼzi kolleksiyalar bir necha daqiqada sotilib ketdi. Shundan buyon foydalanuvchilar oʻz sevimli noyob modellari va fonlarini olish uchun savdo qilmoqda.

Bugundan boshlab, siz Telegram Yulduzlar yordamida boshqa foydalanuvchilardan yuzlab noyob hadyalarni xavfsiz va qulay interfeys orqali xarid qilishingiz mumkin. Bu nafaqat tanlash imkoniyatini oshiradi, balki yangi hadyalar uchun yulduzlar ishlash uchun oʻz hadyalaringizni sotish imkonini ham beradi.

Kengaytirilgan qidiruv filtrlari yordamida siz aniq izlayotgan narsani, masalan, muayyan model, fon yoki belgini oson topishingiz mumkin.

Hadya yuborish uchun istalgan foydalanuvchi profilini oching va “Hadya yuborish” tugmasini bosing. Agar kamyob yangilangan kolleksiyalarni sotib olmoqchi boʻlsangiz, “Qayta sotish” filtridan foydalaning.

Hadyalaringizni yulduzlar evaziga sotish

Kolleksiyalanadigan hadyani sotish uchun uni profilingizda oching, “Sotish” tugmasini bosing va narxni yulduzlarda belgilang.

Roʻyxatga olingach, hadya marketpleysda paydo boʻladi va profilingizda “Sotuvda” yorligʻi bilan belgilanadi — shunda doʻstlaringiz va obunachilaringiz uning mavjudligini biladi.

Fikringiz oʻzgarsa, roʻyxatdan chiqarish uchun “Roʻyxatdan chiqarish” tugmasini bosing.

Bir nechta hikoyani birdaniga joylash

Endi hikoya muharriri yordamida bir nechta rasm yoki videoni bir vaqtda tanlab, joylashingiz mumkin — sayohat lavhalari yoki memlar toʻplami uchun juda qulay.

Uzun videolarni bir nechta hikoyaga boʻlish

Agar videongiz 60 soniyadan uzun boʻlsa, muharrir uni avtomatik tarzda lahvalarga boʻladi va hikoyalar ketma-ketligi sifatida joylaydi.

Kanalingizni avtomatik tarjimaga sozlash

Barcha Telegram foydalanuvchilari xabarlarni tarjima qilishlari mumkin — va Premium foydalanuvchilar esa butun suhbatlarni avto-tarjima qilishlari mumkin.

Endi kanal egalari barcha foydalanuvchilar uchun avtomatik tarjimani yoqishlari mumkin. Bu yoqilganda, tashrif buyuruvchilar xabarlarni oʻzlarining afzal tilida koʻradi, bu esa ijodkorlarga global auditoriyani qamrashda yordam beradi.

Kanalning yuqori qismidagi tarjima paneliga istalgan vaqtda bosib, asl matnga qaytishingiz mumkin.

Ovozlar bilan tezroq daraja oshiring

Guruhlar va kanallar ovozlar bilan daraja oshirish orqali funksiyalarni ochadi. Bu yangilanish ovozlar uchun talablarni kamaytiradi — endi avtomatik tarjima kabi imtiyozlar osonroq ochiladi.

Buguncha shular. Marketpleysdan zavlaning, biz esa bu orada dasturchilarimizni kamyob hadyalarni ovlashdan yangi funksiyalarni yaratishga oʻtkazamiz.


2025-yil 8-may
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026