Toʻlovlar 2.0, rejalashtirilgan ovozli chatlar va yangi veb versiyalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Toʻlovlar 2.0, rejalashtirilgan ovozli chatlar va yangi veb versiyalar

Bu yangilanishda istalgan chatda toʻlash uchun toʻlovlar 2.0, ovozli chatlar uchun rejalashtirish va mini profillar, brauzerlar uchun Telegramning yangi versiyalari va boshqalar taqdim etilmoqda.

Toʻlovlar 2.0

Toʻlov xizmatlarini qoʻllab-quvvatlash birinchi marta 2017-yilda paydo boʻlgan edi. Toʻlov botlari foydalanuvchilarga istalgan mahsulot va xizmatlar uchun xavfsiz tarzda toʻlash imkonini berdi.

Bugungi yangilanish CLICK va Payme kabi 9 ta toʻlov tizimi yordamida istalgan chatda karta orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, toʻlov paytida choychaqa qoʻshish va sevimli muallif, qahvaxona yoki doʻkonni qoʻllab-quvvatlash mumkin. Toʻlov uchun istalgan ilovadan, jumladan, kompyuter uchun Telegramdan foydalanish mumkin.

To‘lovlar platformasi ochiq va bepul – Telegram komissiya olmaydi va toʻlov maʼlumotlarini saqlamaydi. Rekvizitlar bevosita toʻlov tizimiga, yetkazib berish axboroti esa mahsulotni yuborishi uchun sotuvchiga yuboriladi.

Yangi imkoniyatlarni haqiqiy mahsulotlarga toʻlamasdan amalda sinab koʻrishingiz uchun ushbu sinov kanalida bir nechta narxsiz mahsulotlarni joylashtirdik.

Shaxsiy botini yaratishni xohlaganlarga esa dasturchilar uchun texnik hujjat foydali boʻladi.

Istalgan sotuvchi Telegramdan qoʻshimcha tasdiqlashlar olmasdan Toʻlovlar API ishlatishni boshlashi mumkin. Toʻlovlarni integratsiyalashga qiziquvchi dasturchilar Toʻlovlar boʻyicha qoʻllanmada barcha tafsilotlarni topishi mumkin.

Rejalashtirilgan ovozli chatlar

Ovozli chatlar yordamida tanishlar davrasida suhbatlashish va millionlab tinglovchilarga ega translatsiyalarga ulanish mumkin.

Endi guruh va kanallar administratorlari barcha xohlovchilar rejalarini tuzishi, tanishlariga hodisa haqida aytishi va popkornni zaxiralashga ulgurishi uchun muayyan sana va vaqtga kelgusi ovozli chatni rejalashtirishi mumkin.

Foydalanuvchilar chatning yuqori qismida rangli ortga hisoblagichni koʻradi va ovozli chat boshlanishi haqidagi bildirishnomani yoqishi mumkin.

Rejalashtirilgan ovozli chatlarni siz administratori hisoblangan guruh yoki kanal profilidan yaratish mumkin. Android qurilmasida ⋮ > Ovozli chatni boshlash > Ovozli chatni rejalashtirish ruknini bosing. iOS qurilmasida Ovozli chat tugmasini bosing va Ovozli chatni rejalashtirish bandini tanlang.

Xavotirlanmang, ortga hisoblagich nolga yetganida ovozli chat avtomatik boshlanmaydi – u faqat administrator Hozir boshlash tugmasini bosganidan keyin boshlanadi.

Ovozli chatlarda profildan axborot

Ovozli chat oynasidan endi istalgan foydalanuvchining rasmini va tarjimayi holini koʻrish mumkin. Bu siz suhbatlashayotgan odam haqida yaxshiroq bilib olish uchun foydali.

Bevosita ovozli chatdan rasmlaringizni almashtirish va tarjimayi holingizni tahrirlash mumkin. Masalan, oʻyin partiyasi uchun biror qahramonga tezda aylanish yoki soʻzga chiqishdan oldin galstukli rasmingizni yuklash mumkin.

Brauzerlar uchun yangi veb versiyalar

Brauzerlar uchun Telegramning birinchi versiyasi 2014-yilda ishga tushirilgan edi. Shundan buyon ichki raqobat ruhimiz shivirlardi: “Ikkita veb versiyaga ega boʻlish mumkin boʻlganida nima uchun bitta veb versiyamiz mavjud?

Bugun biz ikkita yangi, toʻliq funksiyali Telegram veb ilovalarini taqdim etmoqdamiz – har ikkalasi ham animatsiyali stikerlar, tungi rejim, chatlar uchun jildlar va boshqa imkoniyatlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Yangi veb versiyalar bilan har qanday qurilma – kompyuter yoki mobil telefonda chatlaringizga darhol kirishingiz mumkin. Bu ilovalar nihoyatda samarali boʻlib, faqat 400 KB yuklab olishni (bu 2 ta rasm hajmidan kichikroq) talab qiladi va ular oʻrnatilmaydi.

Har ikkala versiyani ham sinang va qaysi biri koʻproq yoqishini koʻring:

Boshqa Telegram ilovalarimiz kabi ular telefoningizdan mustaqil ravishda ishlaydi: hisobingizga kirganingizdan keyin telefoningizni yaqin-atrofda yoki internetga ulangan holatda saqlashingiz shart emas.

Takliflar va xatoliklar haqida xabar qilish ommaviy platformamizda takliflarni bildirish mumkin.

Android uchun bevosita yuklab olish

Agar ilova versiyasini maʼqul koʻrsangiz, bevosita telegram.org saytidan Android uchun Telegram ilovasini yuklab olishingiz mumkin. Bunday usulda oʻrnatilgan ilovalar avtomatik yangilanadi va koʻproq ehtimol bilan tezroq yangilanadi, chunki yangi versiya doʻkonda koʻrib chiqilishini kutish kerak boʻlmaydi.

Telegram qayta ishlab chiqish mumkin boʻlgan yigʻmalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Qurilmangizdagi ilova GitHub saytida nashr qilingani bilan aniq bir xil ochiq manba kodidan yaratilganligini har doim tekshirishingiz mumkin.

Tez kattalashtirish

Endi chatda rasm va videolarni ularni ochmasdan tez kattalashtirishingiz mumkin: shunchaki ikkita barmoq bilan chimding.

Yaxshilangan video pleyeri

iOS foydalanuvchilari +/- 15s tugmalarini barmoq bilan bosib turish orqali videolarni oldinga surishi yoki orqaga qaytarishi mumkin. Android qurilmasida ekranning oʻng yoki chap qismini bosib turish videoda ushbu amallarni bajarish mumkin. Ikki marta bosilganida 10 soniya oʻtkaziladi.

Maslahatlar va yangi Android animatsiyalari

Har bir yangilanish bilan Android uchun ilova yanada ravonroq ishlamoqda va yangi animatsiyalar bilan toʻldirib borilmoqda. Bu safar – yon menyu chiqqanida va chatlar roʻyxatidan chatga qaytishda.

Telegram funksiyalari haqida batafsil bilib olish uchun chap menyuda Telegram funksiyalari ruknini bosing yoki @TelegramTips kanaliga kiring.

Telegram vakansiyalari

Hozircha shular. Biz allaqachon keyingi yangilanishlar ustida ishlamoqdamiz. Agar hozirgina “Bechoralar, biroz dam olinglar”, deb emas, balki “Ajoyib, mana ishtiyoq!”, deb oʻylagan boʻlsangiz, sizga vakansiyalarimiz roʻyxati bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz.


2021-yil, 26-aprel
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026