SIM kartasiz hisob ochish, global avtomatik oʻchirish, mavzular 2.0 va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
SIM kartasiz hisob ochish, global avtomatik oʻchirish, mavzular 2.0 va boshqalar

Bugundan boshlab SIM kartasiz Telegram hisobi ochishingiz va barcha yangi chatlardagi xabarlarni avtomatik oʻchirish uchun global taymer sozlashingiz mumkin. Guruhlardagi mavzular endi yanada kuchli va undan 100 dan ortiq aʼzoga ega guruhlar ham foydalanishi mumkin.

SIM kartasiz hisob ochish

Telegramda telefon raqamingiz hech qachon begonalarga koʻrinmagan: foydalanuvchilarimiz telefon raqamini kimlar koʻrishi mumkinligi va boshqalar ularni telefon raqami orqali topish yoki topa olmasligini boshqarishi mumkin.

Bugun maxfiylikning yangi davri boshlanadi. Siz Fragment platformasida mavjud boʻlgan blokcheyn asosidagi anonim raqamlar yordamida SIM kartasiz Telegram hisobiga ega boʻlishingiz va hisobga kirishingiz mumkin.

Global avtomatik oʻchirish taymeri

Telegram 2013-yilda oʻchib ketuvchi xabarlarni tanishtirgan edi. Foydalanuvchilar istalgan yuborgan va qabul qilgan xabarini har ikkala tomondan izsiz oʻchirib tashlashi mumkin. Ular muayyan vaqtdan keyin alohida chatlarni tozalash uchun avtomatik oʻchirish taymerlarini ham sozlashi mumkin.

Bugun raqamli izingizni nazorat qilishingizni kelajakka kengaytirmoqdamiz. Endi barcha yangi chatlarda xabarlarni avtomatik olib tashlash uchun global avtomatik taymer sozlashingiz mumkin.

Bu mavjud chatlarga taʼsir qilmaydi, lekin Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Xabarlarni avtomatik oʻchirish ruknidagi yangi menyudan ularning istalganiga avtomatik oʻchirish sozlamalaringizni oson tatbiq qilishingiz mumkin.

Taymer barcha foydalanuvchilar bilan kim boshlaganidan qatʼi nazar barcha yangi chatlaringizga va siz yaratadigan barcha yangi guruhlarga avtomatik tatbiq qilinadi.

Shuningdek, kichik maxfiy guruhlarda avtomatik oʻchirish funksiyasini sozlash osonlashtirildi: taymerni endi guruh nomi va rasmini oʻzgartirishga ruxsat berilgan istalgan aʼzo oʻzgartirishi mumkin.

Maksimal maxfiylik

Telegramning xabarlarni barcha ishtirokchilar uchun izsiz olib tashlash, mavjud va kelgusi chatlarni avtomatik oʻchirish taymeri bilan oʻchirishning unikal birlashmasi butun xabarlar tarixingiz ustidan toʻliq egalik qilish imkonini beradi. U hisobingizdan SIM kartasiz foydalanish bilan birga maksimal maxfiylik taqdim etadi.

Mavzular 2.0

Avvalgi yangilanishimiz katta guruhlar adminlariga klassik internet forumlarini oxirgi xabarlashuv texnologiyalari bilan birlashtirgan holda muhokamalarni mavzularga tartiblash imkoniyatini taqdim etgan edi. Bugun mavzular yanada kuchli imkoniyatlarga ega boʻldi va endi ulardan 100 ta yoki undan ortiq aʼzoga ega guruhlar foydalanishi mumkin.

Mavzuli guruhlar qulay ikki ustunli rejimda ochiladi, shuning uchun boshqa chatlaringizga avvalgidek tez kirishingiz mumkin. Bevosita chatlaringiz roʻyxatidan oxirgi mavzuga almashtirish uchun shunchaki razm solish oynasidagi yangi tugmani bosing.

Guruhlar endi Umumiy deb nomlanuvchi birlamchi mavzuga ega. Unda guruhning xizmat xabarlari va mavzularga oʻtishdan oldingi xabarlar tarixi saqlanadi. Bu mavzuga eskiroq xabarlarni topish uchun barcha guruh aʼzolari kirishi mumkin, lekin adminlar mavzuni qayta nomlashi yoki asosiy roʻyxatdan berkitishi mumkin.

Barcha oxirgi xabarlarni birdaniga koʻrish uchun “Xabarlar sifatida koʻrish” rejimiga almashtirishingiz mumkin. Chat rejimidagi har bir xabar endi u qayerda joylanganini koʻrsatuvchi tugmaga ega va uni bosib, bevosita ushbu mavzuga kirishingiz mumkin.

Mavzular roʻyxatida harakatlanishingizga yordam berish uchun siz allaqachon kirgan mavzular uchun nishon hisoblagichlari qalinroq ajralib turuvchi rangdan, siz hech qachon ochmaganlari esa ochroq rangdan foydalanadi.

Tuzilma va tartib muxlislari uchun guruhlar endi 5 tagacha qadalgan mavzuga ega boʻlishi mumkin va har bir mavzuda cheklanmagan miqdordagi xabarlarni qadash mumkin.

Guruh egalari guruh sozlamalarida mavzularni yoqishi va Ruxsatlar ruknida kimlarga mavzularni yaratish va boshqarish ruxsati berilishini nazorat qilishi mumkin. Bu ingliz tilidagi ommaviy guruhda barcha foydalanuvchilar mavzularni sinashi mumkin.

Spamga qarshi kuchaytirilgan himoya

Dunyoda eng koʻp yuklab olingan 5 ta ilovadan biri boʻlish spamerlar uchun Telegramni eng koʻp xohlangan 5 ta nishondan biriga ham aylantiradi. Yirik Telegram chatlari baʼzan adminlarga ularni tozalashga yordam berishi uchun tashqi spamga qarshi botlarga suyanadi. Bunday botlar samarali boʻlishi mumkin, chunki ular Telegramning foydalanuvchi maxfiyligiga bo‘lgan sodiqligi bilan cheklanmaydi va o‘rnatilgan spamga qarshi tizimlarimizga qaraganda faolroq boʻla oladi.

Endi 200 dan ortiq aʼzoga ega guruh adminlari yangi Spamga qarshi kuchaytirilgan himoya rejimini yoqish orqali spamerlarga qarshi Telegramning butun kuchini yoʻnaltirishi mumkin.

Guruh adminlari bevosita Oxirgi amallar sahifasidan xato aniqlashlar haqida xabar berishi mumkin. Bu tizimimiz foydalanuvchilar xotirjamligini yanada ishonchli himoyalashi uchun uni takomillashtirishimizga yordam beradi.

Vaqtincha QR kodlar

Ommaviy foydalanuvchi nomiga ega Telegram foydalanuvchilari atrofidagi odamlar bilan bogʻlanish uchun QR kodlarni hosil qilishi mumkin.

Agar foydalanuvchi nomingiz boʻlmasa va barchadan telefon raqamingizni berkitayotgan boʻlsangiz, endi vaqtincha QR kodlar hosil qilishingiz mumkin. Bu kodni skanerlash odamlarga telefon raqamingizni bilmasdan sizni darhol kontakt sifatida qoʻshish imkonini beradi.

iOS uchun ilovada emoji qidirish

Telegram iOS foydalanuvchilari eng mos emojini, jumladan, maxsus toʻplamlaringiz ichidan qidirish uchun allaqachon Android uchun ilovada mavjud boʻlgan Emoji qidirish funksiyasidan foydalanishi mumkin.

Emojilar panelini ochish uchun xabar yozayotganingizda kiritish maydoningizda shunchaki Emoji belgisini bosing.

Agar emoji kalit soʻzi boʻlmasa, uni Tarjima platformamizda tavsiya etishingiz mumkin. Faqat chapdagi roʻyxatdan tilingizni tanlashni unutmang.

Xabar boshida “xursand” yoki “tabassum” kabi kalit soʻzlarni kiritish orqali u asosidagi emoji tavsiyalarini koʻrishingiz ham mumkin yoki istalgan xabarda :bazm yoki :niqob kabi ikki nuqta va kalit soʻz kiriting. Bu yangi funksiya emas, shunchaki u juda qulay ekanini eslatmoqdamiz.

Android uchun ilovada batafsil xotiradan foydalanish va boshqalar

Android uchun ilovada Xotiradan foydalanish sahifasi dizayni iOS uchun ilovaga oʻxshash tarzda yangilandi. U endi har bir chat qurilmangizda qancha joydan foydalanayotganini aks ettiradi.

Alohida chatlar mediasini endi rasmlar, videolar, musiqalar va fayllar kabi fayl turi asosidan filtrlangan keshingizdan tozalab tashlash mumkin.

Shu bilan birga, Android dasturchilari Jonli joylashuvlarni tashqi xarita ilovalarida ochish imkoniyatini qoʻshdi va chatlardagi xabarlar, profil rasmlari va jonli joylashuvlar kabi elementlarni yuklash dizayni yaxshiladi.

Premium Yangi maxsus emojilar

Telegram rassomlari Premium foydalanuvchilariga xabarlar, reaksiyalar va statuslarda oʻzlarini ifoda etishning koʻproq usullarini taqdim etgan holda yana 10 ta maxsus emojilar toʻplamini taqdim etdi.

Koʻproq interaktiv emojilar

Yana bitta Telegram yangilanishi yangi interaktiv emojilarni anglatadi: yakkama-yakka chatda bitta 😇 🫡 🤝 🙈 🤗 ✍️ 😨 emojisini yuboring hamda butun ekran effektlari siz va suhbatdoshingiz uchun sinxronlanadi. Barcha foydalanuvchilar ushbu emojilardan reaksiyalar sifatida ham foydalanishi mumkin.

Yana koʻplab emojilardan, jumladan, 🇮🇳🇧🇷🇮🇩 bayroqlari, 📨📱🛒 kabi kundalik obyektlar va 🔝🔞🦄 kabi abstrakt emojilardan animatsiyali emojilar sifatida foydalanish mumkin.


Buguncha shular. Bu yil uchun (balki) yakuniy yangilanish ustida ishlashimiz davomida maksimal maxfiylikdan zavqlaning.


2022-yil, 6-dekabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026