Video stikerlar, yaxshiroq reaksiyalar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Video stikerlar, yaxshiroq reaksiyalar va boshqalar

Bu yangilanishda oson yaratiladigan video stikerlar, yanada ixcham animatsiyali va qoʻshimcha emojili yaxshiroq reaksiyalar, koʻrilmagan reaksiyalarni tekshirish tugmasi, yaxshilangan chatlar orasidagi navigatsiya va boshqalar taqdim etiladi.

Video stikerlar

Telegram animatsiyali stikerlari mos kelmaydigan sifat va samaradorlikka ega – har bir stiker uchun 30 KB dan kamroq maʼlumotlar talab qilinadi. Lekin bunday stikerlarni yaratish tajriba va Adobe Illustrator kabi dasturlarni talab qiladi.

Bugun oddiy videolardan oʻgiriladigan stikerlarni ham qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini qoʻshmoqdamiz, natijada istalgan foydalanuvchi istalgan video muharrir dasturi yordamida batafsil animatsiyali stikerlarni oson yaratishi mumkin.

Har doimgidek @Stickers boti bilan toʻplamlaringizni chop etishingiz yoki boshqalar yaratgan ayrim yangi stiker toʻplamlarini qoʻshishingiz mumkin. Nima qilsangiz ham, hech qachon pomidorga qaramang.

Tafsilotlar uchun Video stikerlar qoʻllanmasi bilan tanishing.

Dasturchilar Sticker Import API vositamizdan Telegram uchun stikerlarni yaratish va import qilish maqsadida kuchli ilovalarni yaratish uchun foydalanishi mumkin.

Yaxshiroq reaksiyalar

Reaksiyalar animatsiyalari endi yanada ixchamlashdi. Kattaroq effekt yuborish uchun menyudagi reaksiyani bosib turing.

Interaktiv emojilar kabi reaksiyalar endi sinxronlanadi, natijada qabul qiluvchilaringiz animatsiyalarni real vaqt rejimida koʻradi.

Reaksiyalar nafaqat hissiyotlarni ifodalash uchun ishlatiladi, balki savollarga ham javob beradi va maʼqullashni bildiradi – shuning uchun endi ular oʻqilganlik holatiga ham ega. Javoblar yoki @ orqali zikr qilishlar kabi yangi ♡ tugma xabarlaringizda koʻrilmagan hissiyotlar boʻlganida chiqadi.

Yangi reaksiyalar va interaktiv emojilar

Bu yangilanishda Kristofer Nolan filmlaridan tortib global iqtisodiyot yangiliklarigacha istalgan mavzuda muhokama qilishingizda yordam berish uchun 5 ta yangi reaksiya 🥰🤯🤔🤬👏 qoʻshildi.

Bu reaksiyalarni interaktiv emoji sifatida ham yuborish mumkin. Istalgan shaxsiy chatga bitta 🥰🤯🤔🤬 yoki 👏 emojisini yuboring, keyin sinxronlangan butun ekran effektini ishga tushirish uchun animatsiyali emojini bosing.

Oxirgi ochilgan chatlar navigatsiyasi

Oʻqilmagan kanallar boʻylab yoki chatlar orasida harakatlanganda muayyan chatga qaytish uchun “Orqaga” tugmasini bosib turing. Uzatilgan xabarlar, havolalar, foydalanuvchi nomlari, profillar va boshqalardan chatlar ochilsa, ular roʻyxatga qoʻshiladi.

Boshqa tuzatish va yaxshilanishlar

Dasturchilarimiz yanvarda Telegram ilovalaridagi maʼlum muammolarni tuzatish uchun toʻliq ikki hafta sarflashdi. Masalan, chaqiruv sifati yaxshilandi, tezkor koʻrish sahifalariga (iOS ilovasidagi tarjimayi hollarga) tarjima funksiyasini qoʻllab-quvvatlash qoʻshildi, ulashish menyusidan sukut qilingan xabarlarni yuborish imkoniyati va oʻnlab boshqa yaxshilanishlar qoʻshildi.

iOS ilovasida quyi paneldagi belgini bosganingizda yangi animatsiyalarni ham sezasiz.

Buguncha shular. Keling, ayrim funksiyalarni fevralga qoldiraylik.


2022-yil, 31-yanvar
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026