Kolleksiyalanadigan hadyalarni taqish, hadyalarni blokcheynga yuborish, kanallar uchun hadyalar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Kolleksiyalanadigan hadyalarni taqish, hadyalarni blokcheynga yuborish, kanallar uchun hadyalar va boshqalar

Bugungi yangilanishda Telegramga 6 ta yangi funksiya qoʻshildi, jumladan, kolleksiyalanadigan hadyalarini emoji status sifatida taqish, hadyalarni blokcheynga koʻchirish, kanallarga hadyalar yuborish va boshqalar.

Unikal hadyalaringizni taqing

Siz kolleksiyalanadigan qilib yuksaltiradigan hadyalarni endi unikal emoji status sifatida ishlatishingiz mumkin.

Hadyani status sifatida ishlatish unga miltillovchi yulduz effektini beradi hamda profilingiz koʻrinishini fon va kolleksiyangizdagi belgiga moslashtiradi.

Hadyalaringizdan birini taqish uchun Profilim > Hadyalar rukniga kiring, Hadya bandini bosing va “Taqish” bandini tanlang. Agar keyinchalik hadyani yechsangiz, profilingiz asl koʻrinishiga qaytadi.

Hadyalarni blokcheynga oʻtkazish

Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari va raqamlar kabi hadyalar endi TON blokcheyni orqali oʻtkazilishi yoki auksionga qoʻyilishi mumkin. Bu egalariga doimiy nazorat beradi — hatto ular Telegram hisobiga kirishni yoʻqotsa yoki uni oʻchirib tashlasa ham.

Hadyani TON hamyoniga oʻtkazish sizga auksion saytlar yoki kolleksiyalanadigan hadyalar uchun qoʻshimcha imtiyozlar taklif qiluvchi platformalar kabi tashqi xizmatlarga ulanish imkonini ham beradi.

Hadyalarni blokcheynga oʻtkazish uchun Profilim > Hadyalarim rukniga kiring va hadyalaringizdan birini bosing, keyin Oʻtkazish > Blokcheyn orqali yuborish bandini tanlang.

Kanallarga hadyalar berish

Bayramlar va yutuqlarni nishonlash uchun endi Telegram foydalanuvchilari kanal profilida koʻrsatilgan hadyalar yuborish orqali kanallarni tabriklashi mumkin.

Doʻstlarga hadyalar yuborish kabi obunachilar hadyani yuborishdan oldin yulduzlar yordamida hadyani yuksaltirishi mumkin — bu esa oluvchiga uni bepul unikal kolleksiyalanadigan hadyaga aylantirish imkonini beradi.

Kanalga hadya yuborish uchun kanalning pastki burchagidagi 🎁 hadya belgisini bosing.

Kanal egalari oʻz hadyalarini boshqa foydalanuvchilar va kanallarga oʻtkazishi yoki blokcheynda auksionga qoʻyishi mumkin. Kontent ijodkorlari va xayriya tashkilotlari ushbu funksiyadan maxsus loyihalar va muhim maqsadlarga mablagʻ yigʻish uchun foydalanishi mumkin.

Eslatma: Kanallarga hadyalar bosqichma-bosqich taqdim etiladi va barcha joyda darhol mavjud boʻlmasligi mumkin.

Hadyalarni ulashish

Profilingizdagi kolleksiyalanadigan hadyalarni hikoyangizga joylashingiz mumkin — bunda unikal sanʼat asaringiz va omadli raqamlaringizni namoyish qilish uchun nafis animatsiyali koʻrinish hosil qilinadi.

Hadyani hikoyangizga joylash uchun Profilim > Hadyalarim rukniga kiring, hadyalaringizdan birini tanlang va Ulashish > Hikoyaga joylash bandini tanlang.

Har bir kolleksiyalanadigan hadya doʻstlaringizga ulashishingiz yoki kanalda joylashingiz mumkin boʻlgan t.me/nft formatidagi unikal havolaga ega.

Kanallar profillarida hadyalarni filtrlash

Kanallar profillaridagi “Hadyalar” sahifasi hadyalarni ularning qiymati va kolleksiyalanish holati, qabul qilingan sanasi va cheklangan yoki cheklanmagan toʻplamdan ekaniga qarab saralash uchun filtrlarni oʻz ichiga oladi.

Hadyalarni filtrlash

Adminlar kanallariga yuborilgan hadyalarni kuzatib borish uchun kanallarining Hadyalar sahifasidan bildirishnomalarni yoqishi mumkin.

Telegramning yanvar oyidagi ikkinchi yangilanishidagi yangiliklar shulardan iborat. Barcha eng yaxshi hadyalarimizni sinab koʻrgandan keyin tez orada qaytamiz.


2025-yil 24-yanvar
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026