Hadyalar, tasdiqlash platformasi va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Hadyalar, tasdiqlash platformasi va boshqalarni taqdim etamiz

Foydalanuvchilar endi doʻstlariga hadyalar yuborishi mumkin. Hadyalarni oluvchilar ularni profil sahifalarida namoyish qilishi yoki Yulduzlarga aylantirishi mumkin. Telegram Yulduzlar koʻplab narsalar, jumladan, ijodkorlarni dastaklash va mini ilovalarda xizmatlarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin.

Bundan tashqari, Telegram har qanday biznes uchun mijozlarning telefon raqamlarini har bir foydalanuvchi uchun atigi 0,01$ evaziga tasdiqlash imkoniyatini ishga tushirdi. Bu yangi tasdiqlash platformasi foydalanuvchilarga Telegram orqali kod olish yordamida telefon raqamlarini oson tasdiqlash imkonini beradi. Shuningdek, video chatlarni takomillashtirdik, Telegramda kontent haqida xabar berishning yangi usullarini va boshqa koʻplab yangiliklarni qoʻshdik.

Hadyalar

Telegram foydalanuvchilari endi bir-birlariga Telegram Yulduzlar evaziga hadyalar yuborishi mumkin. Hadyalar maxsus xabar bilan toʻldirish, masalan, bayram yoki muhim voqea bilan tabrik yozish mumkin boʻlgan animatsiyali sanʼat asariga oʻxshaydi.

Shunchaki yulduzlar yetarli boʻlmagan taqdirda. 😌

Hadya olganingizda uni profilingizning yangi “Hadyalar” sahifasida ko‘rsatishingiz yoki hadyani rad etib, uning yulduzlarini boshqa joyga, jumladan, ko‘proq hadyalarga sarflash uchun olishingiz mumkin.

Hadya yuborish uchun foydalanuvchi profilini oching va ⋮ / ⋯ > Hadya yuborish tugmasini bosing. Istalgan xabar yoki emoji qoʻshishingiz mumkin.

Hadya yuborish

Yakkashox tushuntirishni talab qilgan taqdirda. 😌

Hadya yuborayotganda ismingizni berkitishni tanlashingiz mumkin. Qabul qiluvchi shunda ham uni kim yuborganini biladi, lekin agar hadya uning profilida koʻrsatilsa, boshqa hech kim ismingizni koʻrmaydi.

Tasdiqlash platformasi

Bizneslar uchun mijozlarining telefon raqamlarini tasdiqlash qanchalik qimmat boʻlishi mumkinligini oʻz tajribamizdan bilamiz. Bugundan boshlab har qanday biznes, ilova yoki veb-sayt Telegram orqali tasdiqlash kodlarini yuborishi va ular uchun Fragment orqali toʻlashi mumkin. Telegram kodlari tezroq, arzonroq, xavfsizroq hamda SMS va boshqa muqobillarga qaraganda qulayroq.

Kompaniyangiz budjetining yarmini kodlarga sarflashni xohlamagan taqdiringizda. 😌

Foydalanuvchilar Telegram ichidagi maxsus chatda kodlarga ega xabarlarni darhol oladi.

Telegram Gateway APIʼni sinab koʻrish mutlaqo bepul. Qiziquvchi dasturchilar batafsil qoʻllanmamizda koʻproq maʼlumot olishi mumkin.

Yaxshilangan shikoyat qilish interfeysi

Har kuni Telegram moderatorlari Xizmat shartlarimizni buzadigan millionlab kontentlarni olib tashlaydi. 2015-yildan buyon barcha Telegram ilovalari foydalanuvchilarga xabarlar ustidan moderatorlarga shikoyat qilish imkonini beradi.

Moderatorlarning shikoyatlarni keng koʻlamda qayta ishlash qobiliyatini yanada yaxshilash va AI imkoniyatlarimizni yanada takomillashtirish uchun shikoyat menyusi har bir turkum uchun batafsil variantlar bilan kengaytirildi. Shikoyat qilish sabablari roʻyxati endi serverdan dinamik ravishda yangilanadi, bu bizga sodir boʻlayotgan voqealar va tendensiyalarga moslashgan holda real vaqt rejimida eng dolzarb shikoyat sabablarini taklif qilish imkonini beradi.

Xabar ustidan aniq shikoyat qilishni xohlagan taqdiringizda. 😌

Xabar ustidan shikoyat qilish uchun Android qurilmada uni bosing, iOS qurilmada bosib turing yoki Desktop yoki Webda sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va “Shikoyat qilish” bandini tanlang.

iOS uchun ilovada yangilangan video chatlar

Bu yangilanishda iOS uchun ilovada video chatlar interfeysini toʻliq qayta yangiladik — endi guruhli chaqiruvlar kamroq resurslarni talab qiladi, bu batareya quvvatini tejash imkonini beradi.

Shuningdek, qurilmangiz uzoq chaqiruvlar vaqtida sezilarli darajada kamroq qiziydi — hatto oʻnlab ishtirokchilar bilan bir nechta videooqimda ham.

iOS uchun ilovada yangilangan video chatlar

Allaqachon issiq qoʻlqop kiygan taqdiringizda. 😌

Telegramdagi video chatlar sizga kamerangizni koʻrsatish va ekraningizni namoyish qilish imkonini beradi.

Android uchun RTMP strimlari

Telegram Android uchun endi RTMP bilan jonli efirni dastaklaydi — bu sizga strim kalitini yaratish va video tasviringizni OBS Studio va XSplit Broadcaster kabi mashhur ilovalarga ulash imkonini beradi.

Android foydalanuvchilari RTMP strimlari haqida orzu qilgan taqdirda. 😌

RTMP strimlari barcha Telegram ilovalarida mavjud — ular birinchi marta iOS va Desktopda 2022-yilda joriy etilgan edi.

Buguncha shular. Hadyalarni ochish bilan band boʻlganingizda yangi funksiyalar ustida ishlayotgan boʻlamiz.


2024-yil, 5-oktabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026