Hikoyalar va Telegramning 10 yilligi

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Hikoyalar va Telegramning 10 yilligi

Bugun Telegram oʻzining 10-tugʻilgan kunini nishonlamoqda va biz yubiley munosabati bilan messenjerning butun tarixi davomidagi eng katta yangilanishni tayyorladik. Oʻtgan oʻn yillik davomida hozirda 800 milliondan ortiq inson foydalanayotgan yuzlab yangi funksiyalarni qoʻshdik. Bu yangilanishda unikal juft kamera rejimi, batafsil maxfiylik sozlamalari, moslashuvchan davomiylik variantlari va boshqa koʻplab imkoniyatlarga ega hikoyalarni ishga tushirdik.

🚀 2023-yil, sentabr: Telegram kanallar ham yangi ovoz berish tizimi yordamida hikoyalar joylashi mumkin. Batafsil »

Telegram Hikoyalar

Hikoyalar hayotiy lahzalarni tezda ulashish va doʻstlar nimalarni ulashganini bilib olish imkonini beradi. Endi ushbu format Telegramda ham mavjud.

Bu Telegram tarixidagi foydalanuvchilar eng koʻp soʻragan funksiya edi va biz oxirgi bir necha oy ushbu formatni rivojlantirdik va takomillashtirdik. Endi Telegram Hikoyalarda siz koʻrishni xohlagan barcha narsa va hali hech kim kiritmagan yana koʻplab funksiyalar bor.

Hikoyalar ekraningiz yuqori qismidagi kengayadigan panelda aks etadi, shuning uchun bu chatlaringiz roʻyxati va jildlaringizni toʻliq uzunlikda koʻrishga xalaqit bermaydi.

Hikoyani koʻrayotganda tezda ulashish uchun bosishingiz, maxfiy tarzda javob berishingiz va reaksiya bildirishingiz mumkin – tezkor ♥️ uchun bitta bosing yoki boshqa yuzlab reaksiyalardan foydalanish uchun bosib turing.

Birlamchi sozlamalarda bosh sahifangizda barcha kontaktlaringizdan hikoyalarni koʻrasiz va muayyan kontaktlarni arxivlangan chatlarga yuborish orqali ulardan hikoyalarni berkitishingiz mumkin.

Juft kamera rejimi

Rasmli va video hikoyalarni birdaniga ikkita rakursdan olish mumkin: qurilmaning old va orqa kameralaridan bir vaqtda foydalanishingiz va ular orasida hatto yozib olish paytida ham almashtirishingiz mumkin.

Stikerlar, joylashuvlar va izohlar

Hikoyalar Telegramning kuchli media muharriridan foydalanadi – bu sizga matn, chizma, stikerlar qoʻshish yoki joylashuvingizni belgilash imkonini beradi. Yanada koʻproq kontekst uchun hikoyalar uzunroq izohlarni qoʻllab-quvvatlaydi – unda uzunroq matn tavsiflarini kiritishingiz, doʻstlaringizni belgilashingiz yoki havolalar qoʻshishingiz mumkin.

Galereyangizdan qoʻshimcha rasmlarni qoʻshishingiz yoki vebdan GIF va rasmlarni qidirishingiz mumkin.

Batafsil maxfiylik sozlamalari

Hikoya joylaganda 4 ta maxfiylik sozlamasidan birini tanlashingiz mumkin: Hamma, Kontaktlarim, Yaqin doʻstlar va Tanlangan kontaktlar. Har bir variantni moslashtirish mumkin, bu sizga istalgan foydalanuvchini kiritish yoki istisno qilish imkonini beradi.

Hikoyalaringizni hech qachon koʻrmaydigan foydalanuvchilar roʻyxatini tanlashingiz mumkin, shunda rahbaringiz yoki buvingiz sarguzashtlaringizni kuzata olmaydi. 😉

Batafsil maxfiylik sozlamalari

Hikoyani yanada maxfiy qilish maqsadida foydalanuvchilar uni saqlashi yoki ulashishining oldini olish uchun skrinshotlarni faolsizlantirishingiz mumkin.

Profillardagi hikoyalar

Hikoyalaringiz tanlovingizga qarab 6, 12, 24 yoki 48 soat davom etishi mumkin. Eski kontaktlar va yangi tanishlar xotira lahzalaringiz mozaikasini varaqlay olishi uchun hikoyalarni profilingizga ham joylash mumkin. Profilga joylangan hikoyalar ularni arxivga joylash yoki oʻchirishga qaror qilmaganungizgacha oʻsha yerda qoladi.

Endi Telegramda kim bilandir tanishganingizda nafaqat profildagi rasmlarini varaqlashingiz, balki ushbu insonning muhim yoki kundalik hodisalari haqida ham bilib olishingiz mumkin.

Siz profilingizga joylaydigan har bir hikoya alohida maxfiylik sozlamalariga ega – har doim hikoya koʻrinadigan foydalanuvchilar doirasini oʻzgartirishingiz mumkin.

Hikoyalarni tahrirlash

Ijtimoiy tarmoq tarixida birinchi marta hikoyangizning istalgan elementini istalgan vaqtda yangilashingiz mumkin: koʻrinuvchilik, izoh, ekrandagi matnlar, stikerlar va boshqa elementlar – buning uchun joylangan hikoyani oʻchirish va yangisini yaratishingizga toʻgʻri kelmaydi.

Hikoyangizni tahrirlash uchun uni siz joylagan qurilmadan oching va ⋮ yoki ⋯ > Hikoyani tahrirlash bandini bosing.

Batafsil koʻrish statistikasi

Foydalanuvchi hikoyani ochganida ular oʻqilganlik hisobotlari kabi hikoyaning muallifiga koʻrinadigan koʻrganlar roʻyxatida chiqadi.

Hikoyani joylaganingizdan keyin roʻyxatni koʻrish uchun uni ochishingiz mumkin, unda faqat kontaktlarni koʻrsatish uchun filtrlashingiz, avval oxirgi koʻrganlar yoki avval reaksiyalar asosida saralashingiz mumkin. Agar muayyan foydalanuvchi uni koʻrganini tekshirmoqchi boʻlsangiz, qidiruv paneliga uning ismini yozing.

Batafsil koʻrish statistikasi

Telegram Premium obunasiga ega foydalanuvchilar hikoyalarni koʻrganda anonimlikni saqlash uchun koʻrinmaslik rejimini yoqishi mumkin. Foydalanuvchi ushbu rejimni yoqqanidan keyin oʻtgan 5 daqiqada ochgan yoki keyingi 25 daqiqa davomida ochadigan hikoyalar mualliflari uni koʻrganlar roʻyxatida koʻrmaydi.

…va boshqalar

Bu blogpostga sigʻmagan barcha hikoya funksiyalarini koʻrish uchun Telegram Hikoyalarga batafsil qoʻllanmamiz bilan tanishing.

Bu ajoyib 10 yil uchun barchaga rahmat. Bayram kayfiyatini davom ettirishni xohlaganlar uchun Telegram asoschisi va bosh direktori oʻz kanalida ushbu bayramga oid fikrlarini ulashdi 🎂

Biz esa qoʻllarimizda tortni tutgancha allaqachon keyingi yangilanish ustida ishlamoqdamiz.


2023-yil, 14-avgust
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026